Konor bilan bellashmagan bo‘lardim – Jastin Getji
UFC jangchisi Jastin Getji Konor Makgregor haqida gapirdi.

“Agar Konorga chempionlik huquqi beriladigan bo‘lsa, bunga umuman chiday olmayman. U yengil vazn toifasida, 2016 yildan beri biror marta ham g‘alaba qozona olmagan. Divizionda hozir men birinchi o‘rindaman. Eng zo‘ri bo‘lish juda ham yoqimli. Faoliyatim davomida chempionlik uchun mehnat qildim. Beneil Dariush, Islom Maxachev kabi jangchilar men jang qiladigan yigitlar. Ammo Konor bilan bellashmagan bo‘lardim. U avvalgi jismoniy holatini yo‘qotib bo‘lgan”.
Maʼlumot o‘rnida: Getji faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 22 tasida qo‘li baland kelgan. Ikkita jangda raqiblariga imkoniyatni boy bergan.
Avvalroq, Konor Makgregorning do‘sti AQSHda hibsga olingani va Dastin Porye tanasidagi tatuirovkalarga izoh bergani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







