Sport

Bu jang butun dunyo UFC ishqibozlarini qiziqtirishi turgan gap – Charlz Oliveyra

Charlz Oliveyra Konor Makgregor bilan jang o‘tkazmoqchi ekanligini maʼlum qildi.

Bu jang butun dunyo UFC ishqibozlarini qiziqtirishi turgan gap – Charlz Oliveyra

 

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Charlz Oliveyra 2022 yil 7 may kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan UFC 274 turnirida ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregorga qarshi jang o‘tkazmoqchi.

 

“Ushbu muddat bunday jang uchun eng yaxshi vaqt deb o‘ylayman. Konor shaxsan meni duelga chorlab, ikkinchi marta Irlandiya va Braziliya o‘rtasidagi qarama-qarshilikni tashkil qilishni taklif qildi. Bu nafaqat uni balki butun dunyo UFC ishqibozlarini ham qiziqtirishi turgan gap. Men mazkur jangga tayyorman”.

 

Eslatib o‘tamiz, hozirda Makgregorning musobaqada ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda. Chunki Konor shu yilning 10 iyuldan 11 iyulga o‘tar kechasi Dastin Poryega qarshi kechgan UFC 264 turnirida oyog‘idan jarohat olgan edi.

 

Avvalroq Konor Makgregorning do‘sti AQSHda hibsga olingani va Dastin Porye tanasidagi tatuirovkalarga izoh bergani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bu jang butun dunyo UFC ishqibozlarini qiziqtirishi turgan gap – Charlz Oliveyra | Zamon.uz