Yil qahramonlari taqdirlandi
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kongressi ham o‘tkazildi. Mazkur kongressda bir qator masalalar o‘rtaga tashlandi. Unda O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi sobiq sardori Odil Ahmedov assotsiatsiya vitse-prezidenti etib saylandi. Bundan tashqari, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va boshqa bir qator mutasaddilar O‘FA Ijroqo‘mi tarkibidan joy olishdi.
Shundan so‘ng bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomi maʼlum qilindi. Xususan, “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qo‘lga kiritdi. “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb “Nasaf” klubi bosh murabiyi Ruziqo‘l Berdiyev topildi. Shuningdek, mazkur tadbir doirasida futbolimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator futbol fidoyilari va yil davomida o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qoozongan futbolchilar assotsiatsiya tomonidan maxsus sovrinlar taqdirlandi.
Quyida nominatsiya va g‘oliblar bilan to‘liq tanishishingiz mumkin:
“O‘zbek futboli nuroniysi” - Axbor Imomxo‘jayev
“Fidoyilik” ramzi - Sadri Nosirov (Dinamo)
“Jasorat” - Murodjon Ahmedov O‘zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi bosh murabbiyi
“Eng yaxshi jurnalist” - Faxriddin Ro‘ziyev, “Chempionat.asia”
“Eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiya” - Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi
“Muxlislar mehri” - “Andijon” fan-klubi
“Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” - Bahodir Ahmedov, O‘zbekiston futzal terma jamoasi
“Yilning eng yaxshi futzalchisi” - Dilshod Rahmatov, O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Xuaxin-Jizzax” klubi
Ayollar futboli bo‘yicha “Oliy Liga to‘purari” - Diyora Xabibullayeva, “So‘g‘diyona-W”
Ayollar futboli bo‘yicha “Oliy Liganing eng yaxshi murabbiyi” - Sherali Boboqulov, “So‘g‘diyona-W”
Ayollar futboli bo‘yicha “Oliy Liganing eng yaxshi futbolchisi” - Diyora Xabibullayeva, “So‘g‘diyona-W”
“Pro Liganing eng yaxshi futbolchisi” - Marko Obradovich, “Neftchi”
“Yilning eng yaxshi hakami” - Ilgiz Tantashev
“Coca-Cola Superligasining mavsumdagi eng chiroyli goli” - Bilolxon Toshmirzayev, “Turon”
“Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi to‘purari” - Dragan Cheran, “Paxtakor”
“Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi” - Piter Xyuistra, “Paxtakor”
“Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi” - Husain Norchayev, “Nasaf”
“O‘zbekistonning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” - Aʼzam Sherg‘oziyev, “AGMK”
“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” - Husain Norchayev, “Nasaf”
“O‘zbekistonning eng yaxshi ayollar murabbiyi” – “Ilhom Hanjariyev”
“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” - Dildora Nozimova, “Bunyodkor-W”
Superliga ramziy terma jamoasi.
Darvozabon:
O‘tkir Yusupov (“Navbahor”)
Himoyachilar:
Marko Kolakovich (“So‘g‘diyona”)
Anzur Ismoilov (“Paxtakor”)
Husniddin Aliqulov (“Nasaf”)
Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”)
Yarim himoyachilar:
Sanjar Tursunov (“AGMK”)
Erkin Boydullayev (“Qizilqum”)
Dragan Cheran (“Paxtakor”)
Hujumchilar:
Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”)
Xusain Norchayev (“Nasaf”)
Azizbek Amonov (“Lokomotiv”)
Murabbiy:
Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”)
“Futbol rivoji uchun” - Hayrulla Bozarov, Farg‘ona viloyati hokimi.
Jamshidbek Amirov








