Jerrardda koronavirus aniqlandi
Uning “Chelsi”ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmasligi maʼlum bo‘ldi.

"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard koronavirusga chalindi. Angliyalik mutaxassis topshirgan test musbat natija ko‘rsatdi. Natijada u “Chelsi” va «Lids»ga qarshi bahslarda jamoasini boshqara olmaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, "Aston Villa" 26-dekabrda “Chelsi”, 28-dekabr kuni «Lids» bilan bahs olib boradi.
Maʼlumot o‘rnida: ayni damda "Aston Villa" klubi Angliya premyer-ligasi turnir jadvalida 22 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq Kristenson “Chelsi” klubida qolmoqchiligi va Gus Til Rafael Benitesning eʼtiboriga tushgani haqida xabar berilgandi.








