Hamyurtimiz jahon chempionini mag'lub etdi
17 yoshli Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan bo'lgan bahsda g'alaba qozondi.

Polshaning Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 10-partiya o‘yinini o‘tkazdi.
Shaxmatchimiz oq donalarda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surib raqibini mag‘lub etdi.
Eslatib o'tamiz, bu ikki raqib 2019-yilda FIDE blits jahon chempionatida kuch sinashgan va bahs durang natija bilan yakunlangan edi.








