Krishtianu Ronaldu faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubni tark etish istagida.

“Sport.es” nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi jamoadagi vaziyatdan va “Manchester Yunayted” rahbariyatidan norozi. Ronaldu o‘zining agenti Jorje Mendeshga vaziyat o‘zgarmasa, yangi jamoa izlash kerakligini aytdi. Mendesh “Barselona”ning hozirgi rahbariyati bilan yaxshi munosabatda va Ronalduni kataloniyaliklarga taklif qilishga tayyor. “Barselona” bosh murabbiyi Xavi yangi hujumchi sotib olmoqchi ekanini inobatga olsak, klub Ronaldu variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu APLning joriy mavsumida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayni damda APL turnir jadvalida “qizil iblislar” yettinchi o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, futbol yulduzlari yangi yilni qanday nishonlagani va Krishtianu Ronaldu besh kunlik majburiy karantinni oilasi davrasida o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







