Sport

Novak Jokovichning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi

Suddagi g‘alabadan so‘ng u yana hibsga olindi.

Novak Jokovichning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovichning Avstraliyadan deportatsiya qilinishi ishi bo‘yicha suddagi g‘alaba quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Maʼlum bo‘lishicha, mamlakat rasmiylari serbiyalik tennischini yana hibsga olishgan. Bu haqda korrespondent.net xabar qildi.

 

Sportchining ukasi Jorje Jokovich ayni damda Novak advokatlar bilan birga ekanligini va keyingi qadamlarini ko‘rib chiqayotganini aytdi.

 

"Biz hozir qila oladigan narsa bu haqda barcha ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilish. Ular Novakni yana qo‘lga oldi. Hozirda biz yuristlar bilan keyingi qadamlar haqida maslahatlashmoqdamiz. Ayni paytda Novak va uning advokatlari sud majlislari o‘tayotgan xonada", deb yozdi u.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliyaning Viktoriya shtati rasmiylari Jokovichning sudda g‘alaba qozonganiga qaramay, uni mamlakatdan deportatsiya qilishni talab qilishda davom etishlarini maʼlum qilgan edi.

 

 Ular ishning adolatliligini tan olishdi, ammo rasmiylar Novakning emlashdan qonuniy ravishda tibbiy ozod etilishiga ishonishmaydi. Jokovich Melburnga Avstraliya ochiq chempionatida qatnashish uchun uchib kelgan. Musobаqa

17-yanvar kuni boshlanadi.

 

 

Nasiba To'xtayeva

Novak Jokovichning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi | Zamon.uz