Sport

Xames yurak xurujiga uchragan futbolchiga yordam berdi

Xames Rodriges o‘yin vaqtida Usmon Kulibalining hayotini saqlab qoldi.

Xames yurak xurujiga uchragan futbolchiga yordam berdi

 

“Al-Rayyan” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges Qatar chempionatining 13-turi doirasida “Al-Vaqr” himoyachisi Usmon Kulibalining hayotini qutqarib qoldi.

 

Birinchi bo‘limda Kulibali hushidan ketdi. “Everton” va “Real” klublarining sobiq yarim himoyachisi voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar Kulibaliga yordamga shoshildi. Rodriges 32 yoshli futbolchining boshini to‘g‘rilab, birinchi yordamni ko‘rsatdi. Malilik futbolchi hozirda kasalxonaga yotqizilgan. Xabarlarga ko‘ra uning ahvoli barqaror.

 

O‘yindan keyin Kulibalining yurak xurujiga uchraganini tasdiqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, Xames Rodriges 2021 yil sentyabridan beri “Al-Rayyan” safida to‘p suradi. U Qatar chempionatining joriy mavsumida 7 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Jamshidbek Amirov

Xames yurak xurujiga uchragan futbolchiga yordam berdi | Zamon.uz