0

Mansabdorlarning jinoyatlari davlatga 913,7 milliard so‘m miqdorida zarar keltirgan

Shuningdek, 2021-yil davomida respublika bo‘yicha jami 2345 ta, jinoyat ishi bo‘yicha 2804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Mansabdorlarning jinoyatlari davlatga 913,7 milliard so‘m miqdorida zarar keltirgan

 

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 16 nafari respublika, 241 nafari viloyat va 2547 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

 

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1741 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 269 nafari firibgarlik, 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab mavqeini suiisteʼmol qilish, 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 41 nafari mansab soxtakorligi12 nafari pora berish va 378 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan. 

 

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 milliard so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 714,8 milliard so‘mi undirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgani aniqlangani  hamda Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari pora olayotganda ushlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 000 AQSH dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"