U jamoamiz muvaffaqiyati uchun harakat qilmoqda – Harri Keyn
“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn bosh murabbiy Antonio Kontening “shporlar”dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

“U dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. Oxirgi bir-ikki yil ichida biz xohlagan cho‘qqilarga chiqa olmadik. Lekin bizda qo‘lga kiritilgan ustunlikdan foydalanish imkoniyati bor. Konte talabchan murabbiy. U qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi. Futbolchilar uning talablariga yaxshi javob berishadi, jamoamiz muvaffaqiyatga erishishi uchun astoydil harakat qiladi” - deya “Sky Sports” nashri Keynning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Keyn Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, “Tottenhem” “Yuventus” futbolchilariga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







