Eshli Barti o‘z yurtida chempionlikni tantana qildi
Dunyoning birinchi raqamli raketkachisi avstraliyalik Eshli Barti “Australian Open – 2022” g‘olibiga aylandi.

Bu avstraliyalik tennischining “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning yakkalik bahslarida uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.
“Australian Open” – 2022 turnirining hal qiluvchi bahsida Barti (1) AQSH vakili Daniyel Kollinzni (27) 6:3, 7:6 (7:2) hisobida mag‘lub etdi. Bahs 1 soat 29 daqiqa davom etdi. Final yo‘lida Barti ukrainalik Lesya Tsurenko, italiyalik Lusiya Bronzetti, yaponiyalik Naomi
Osakani hamda amerikalik Jessika Pegulani kabi tennischilarni mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, Avstraliya ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi chempioni aniqlanadi. Unda Rossiyalik Daniyel Medvedev (2) va ispaniyalik Rafael Nadalga (6) qarsh chempionlik uchun kurash olib boradi.







