Sport

Habib Nurmagomedov Chempionlar ligasi favoritlarini aytdi

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, Habib Nurmagomedov Chempionlar ligasi favoritlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Habib Nurmagomedov Chempionlar ligasi favoritlarini aytdi

 

“Chempionlar ligasini kim yutadi? Bilmayman, bu juda qiyin savol. Bir nechta variantlar mavjud. Odatda shunday bo‘ladiki, baʼzi jamoalar mavsumni omadsiz boshlashadi, lekin keyinchalik kuchayishadi. Ammo tanlashga to‘g‘ri kelsa, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “PSJ” va “Real”ni favorit sifatida qo‘ygan bo‘lardim” - dedi Nurmagomedov “MMAJunkie YouTube” kanaliga bergan intervyusida.

 

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi o‘yinlari 15 fevral kuni boshlanadi.

 

 

Habib Nurmagomedov Chempionlar ligasi favoritlarini aytdi | Zamon.uz