Lempard “Everton”ni boshqaradi
Tomonlar bu borada kelishuvga erishdi.

“Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard “Everton”ni boshqaradi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar to‘liq kelishuvga erishgan. Hozir shartnomaning so‘nggi tafsilotlari bo‘yicha muhokamalar ketmoqda.
Lempard bir yildan ortiq vaqtdan beri ishsiz edi. U avvalroq “Kristal Pelas”, “Aston Villa” va “Norvich” klublari bilan muzokaralar olib borgan. Biroq turli sabablarga ko‘ra bu klublarning birortasiga tayinlanmagandi.
Avvalroq investitsiya fondlari “Barselona”ga Holandni sotib olishga yordam bermoqchiligi va Markus Reshford Manchester universiteti tarixidagi eng yosh faxriy doktorga aylangani haqida xabar berilgandi.







