Frank Riberi tez orada faoliyatini yakunlaydi
“Salernitana” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi jamoasi bilan shartnomasini muddatidan avval bekor qilishi mumkin.

Bu haqda “GOAL” nashri xabar berdi. Riberi “Salernitana”ga 2021-yil sentabrida kelib qo‘shilgandi. Fransiyalik futbolchining klub bilan kelishuvi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan.
Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi A Seriyada 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha Riberi “Brest”, “Galatasaroy”, “Marsel”, “Bavariya”, “Fiorentina” kabi klublarda o‘ynagan.
Maʼlumot o‘rnida: “Salernitana” joriy mavsum A Seriyaning 22 o‘yinida 10 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda.







