Jamoaning moash fondi 159 million yevroga kamaydi – Joan Laporta
“Barselona” prezidenti Joan Laporta klubning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirishda olib borayotgan ishlari haqida gapirdi.

“Jamoaning maosh fondi 159 million yevroga kamaydi. Bizda qilinadigan ishlar juda ko‘p. Transferlar oynasini kuzatmoqdamiz. Boshqa klublar bizning futbolchilarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lganida, ularning narxini ko‘rib, niyatidan qaytmoqda” - deya Laportaning so‘zlaridan “Marca” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha “Barselona” hujumchi Per-Emerik Obameyangni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgandi. Hozirda jamoada Ispaniya chempionati turnir jadvalida 35 ochko to‘plagan holda, 5-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, “Barselona” transferlar uchun mablag‘ izlayotgani haqida xabar berilgandi.







