“Kanonirlar” o‘z tarbiyalanuvchisini olib qolmoqchi
“Arsenal” hujumchisi Bukayo Saka tez orada klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Kris Uitli o‘zining twitter sahifasida maʼlum qildi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, “kanonirlar” 20 yoshli futbolchiga jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri maqomiga mos keladigan yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Saka “Arsenal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Angliyalik futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.
Maʼlumot o‘rnida: Saka joriy mavsumda Premyer-ligada 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, Lyakazett “Arsenal” bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emasligi haqida xabar berilgandi.







