Neymar qaytdi
“PSJ” hujumchisi Neymar jarohatidan so‘ng yana mashg‘ulotlarni boshladi.

Bu haqda “L‘Equipe” nashri xabar berdi. Futbolchi allaqachon individual mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan, shuningdek, jamoadoshlari bilan qisqa muddat ko‘rishishga ham ulgurgan. “PSJ” hujumchining “Real” bilan Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida maydonga tushishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, parijliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan “Cent-Eten” – “PSJ” uchrashuvida hujumchidan to‘pig‘idan jarohat olgandi.
Avvalroq, “PSJ” prezidenti Neymarni “Barsa”ga taklif qilgani haqida xabar berilgandi.







