Sport

PFL 2021-yilda qancha daromad qilgani maʼlum bo‘ldi

Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

PFL 2021-yilda qancha daromad qilgani maʼlum bo‘ldi

 

2020-yilning may oyida O‘FA prezidenti taqdimiga binoan tashkilot rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Shundan so‘ng uning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, musobaqalar o‘tkazilishini takomillashtirish, hamkorlar va homiylar bilan ishlash tizimini yaxshilash kabi masalalar asosiy planga chiqdi.

 

2021-yilga kelib musobaqa ishtirokchilari uchun qatnashchilik badallari miqdori tarixda ilk bor 40-50 foizgacha kamaytirildi. Qo‘shimchasiga, ayollar va futzal jamoalari ilk bor badal to‘lashdan to‘liq ozod qilindi.

O‘zPFL dastlab tashkil etilgan yillarda o‘z harajatlarini to‘liq klublardan olinadigan badal pullari evaziga qoplab kelgan. Bugunga kelib tashkilot o‘z harajatlarining qariyb 55 foizini o‘zi ishlab topadi. Jumladan, 2021-yilgi mavsumda O‘zPFL “Cola-Cola”, “APEX Insurance” va boshqa kompaniyalari bilan hamkorlik orqali 9 milliard 280 million so‘m ishlab topdi. Shuningdek, ayollar chempionati, Birinchi liga kabi musobaqalar “Eleven Sports” orqali onlayn translyatsiya qilinishi natijasida O‘zPFL 2021 yilning o‘zida qariyb 36 ming yevro ishlab topgan.

 

Tashkilot qatʼiy prinsiplari orqali professional futbol klublari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqdi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasining litsenziyalash talablarini bajarish bo‘yicha 2021-yilda Yaponiya hamda Janubiy Koreyadan keyin qitʼaning uchinchi raqamli mamlakatiga aylandi. Tarixda ilk bor Pro liga klublari ham litsenziyalash jarayoniga jalb qilindi. Ilk bor O‘zbekistonning ikki ayollar jamoasi OFK litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Shu kungacha asosan 4-5 klub xalqaro litsenziyani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 12 taga yetdi. 2022-yilda O‘zPFL mazkur raqamni 16 taga olib chiqish ustida ish olib boryapti.

 

Avvalroq, PFLda transferlar oynasi 31 iyulgacha ochiq bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

PFL 2021-yilda qancha daromad qilgani maʼlum bo‘ldi | Zamon.uz