Benzema hali to‘liq sog‘aymadi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “Granada”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Bu haqda sport jurnalisti Nils Kern o‘zining Тwitter‘dagi sahifasida maʼlum qildi. Fransuz bir kun avval umumiy guruhda qisman mashg‘ulot o‘tkazganiga qaramay, jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid”ning Ispaniya chempionati doirasida “Elche”ga qarshi uchrashuvida Benzema jarohat olib, 58-daqiqada maydonni tark etgan edi.
Maʼlumot o‘rnida: Madridning “Real” klubi 22 o‘yinda 50 ochko to‘plagan holda Ispaniya La Ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, Benzemani Madridda olib qolishmoqchiligi haqida xabar berilgandi.







