“PSJ” oldida jiddiy sinov turibdi
Jamoa futbolchilari Ramos, Neymar va Ikardi jarohati sabab keyingi o‘yinda qatnasholmaydi.

“PSJ”ning bir qancha futbolchilari sog‘lig‘idagi muammolar tufayli Fransiya chempionati 23-turi doirasida “Lill”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Hujumchi Neymar va himoyachi Serxio Ramos hamon jarohatlaridan forig‘ bo‘lishmagan.
Braziliyalik futbolchi yana ikki kun zalda ishlaydi, shundan so‘ng u umumiy guruhda qisman shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi. Ramos esa keyingi hafta o‘rtalarida to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Shuningdek, turli jarohatlar tufayli hujumchi Mauro Ikardi, yarim himoyachi Jorjinyo Veynaldum va darvozabon Keylor Navas ham maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” 6 fevral yakshanba kuni “Lill” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq, “PSJ” klubi Ramosdan norozi ekanligi haqida xabar berilgandi.







