Yarmolenkoga 18-fevralga qadar muhlat berildi
Angliya futbol assotsiatsiyasi “Vest Hem”ning ukrainalik hujumchisi Andriy Yarmolenkoni bukmekerlik konsernini noqonuniy reklama qilishda aybladi.

Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi. Qayd etilishicha, futbolchi assotsiatsiya qoidalarining 8.5 bandini buzgan va ingliz futboli vakili sifatida bukmekerlar bilan hamkorlik qila olmagan.
Angliya futbol assotsiatsiyasi Yarmolenkoga bu ayblovlarga javob berish uchun 18-fevralgacha muhlat berdi.
Eslatib o‘tamiz, Yarmolenko 2018-yildan beri “Vest Hem”da o‘ynab kelmoqda. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 3,5 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq, sobiq futbolchining 73 yoshli otasi uylangani haqida xabar berilgandi.







