0

O‘g‘lining o‘limidan so‘ng Bosh prokuratura bilan sudlashayotgan ota vafot etdi

Bu muammo yuzasidan xodimning otasi kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotgani uchun Bosh prokuraturani sudga bergandi.

O‘g‘lining o‘limidan so‘ng Bosh prokuratura bilan sudlashayotgan ota vafot etdi

 

O‘tgan yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 33 yoshli xodimi Samir Rahmonov vafot etgani haqida xabar berilgandi.

 

Marhumning otasi Aʼzamjon Rahmonov o‘g‘li xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etganligi, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari boquvchisiz qolgandi.

 

Islom huquqi bo‘yicha ustoz yuristlardan bo‘lgan Aʼzamjon Rahmonov o‘g‘lining ish joyida vafot etganligi sababli, Samirning 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari va beva qolgan turmush o‘rtog‘i uchun Bosh prokuraturadan tovon puli undirishga harakat qilayotgandi.

 

 

Dastlabki daʼvo arizasi FIB Mirobod tumanlararo sudi tomonidan qanoatlantirishdan rad etilganidan so‘ng, marhumning otasi qonun ijrosi taʼminlanishi umidida qaror ustidan Toshkent shahar sudiga apellyatsiya berildi.

 

Apellyatsiya sudi FIB Mirobod tumanlararo sudining qarorini noqonuniy deb topib, uni bekor qilgan va yana qaytadan ko‘rish uchun ishni Mirobod sudiga yuborgan edi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ayni ish qayta ko‘rilayotgan bir vaqtda Aʼzamjon Rahmonov ham vafot etgan.

 

"Nima uchun bu voqeani eslayapmiz. Gap shundaki, bu sud ishini ko‘rish davomida Toshkent shahar sudi apellyatsiya sudlov hayʼati Samirbekning vafoti yuzasidan Bosh prokuratura foydasiga xulosa bergan mutaxassislar qonunchilikni buzgan degan fikrga kelgan. Mana shu vajlar ham qaysidir maʼnoda Samirbekni mehnat faoliyati bilan bog‘liq sabab tufayli vafot etganligini tasdiqlashi mumkin.

 

Shu sababli, Bosh prokuratura marhumning yaqinlariga to‘lovlarni, xususan, Mehnat kodeksining 194-moddasiga asosan 6 yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi nafaqa to‘lovlari to‘lab bersa yaxshi bo‘lardi.

 

Hozir Samirbekdan qolgan farzandlarning taqdiri uchun sudma-sud yurgan, ularning asosiy himoyachisi Aʼzamjon aka ham olamdan o‘tdi. Vaziyat qay darajada achinarli ekanligi hammaga maʼlum", deb yozmoqda  yurist Saidali Muxtoraliyev.

 

Muallif Bosh prokuraturada rahbarlik lavozimlarida tajribali, oqil va ko‘pchilikka ustoz bo‘lgan insonlar faoliyat yuritib kelishini eʼtirof etarkan, ularni muammoni marhum Samirbekning yaqinlari, xususan uning turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishuv asosida, sudsiz hal qilishga chaqirgan.

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"