Prezident futbolchilarni kutib olish uchun diplomatik safarni bekor qildi
Kecha Afrika Millatlar kubogida Senegal chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Afrika Millatlar kubogi finalida Senegal va Misr terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Teng kurashlar ostida kechgan bahsda Sadio Mane boshchiligidagi senegalliklar 4:2 hisobida penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. Mamlakat prezidenti Maki Sall 7-fevral, dushanba kuni butun davlatda dam olish kuni deb eʼlon qildi.
Jamoaning qitʼada tengsizga aylanishi butun Senegalda bayram sifatida nishonlanadi. Shuningdek, terma jamoa bugun o‘z yurtiga qaytib keladi. Davlat rahbari futbolchilarni shaxsan kutib olish uchun diplomatik safarni bekor qildi.
Maʼlumot uchun, senegalliklar o‘z tarixida ilk bor qitʼa chempionligini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, Senegal Afrikada tengsizga aylangani haqida xabar berilgandi.







