Senegal — Afrikada tengsiz
Sadio Mane jamoasi shu tariqa tarixda ilk bor Afrika kubogini qo‘lga kiritdi.

Senegal terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi finalida Misr terma jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuv Yaunde shahridagi (Kamerun) “Paul Biya” stadionida bo‘lib o‘tdi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar golsiz yakunlandi, penaltilar ceriyasida senegalliklar 4:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Senegal 7-daqiqadayoq hisobni ochishi mumkin edi. Вiroq Sadio Mane penaltini golga aylantira olmadi. “Liverpul” hujumchisining kuchli zarbasini Misr terma jamoasi darvozaboni Muhammad Abugabal qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa Senegal tarixda ilk bor Afrika kubogini qo‘lga kiritdi. Misr termasi esa bungacha yetti marta qitʼaning bosh turnirida g‘olib chiqqan. Bu rekord natija hisoblanadi.
Avvalroq, Afrika Kubogining guruh o‘yinlarida qanday natijalar qayd etilgani haqida xabar berilgandi.







