Benzema “PSJ”ning uchligiga to‘xtaldi
Bugun “PSJ” – “Real Madrid” o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan “PSJ”dagi yulduzlar haqida gapirdi. Ushbu uchrashuv bugun, Parij shahrida o‘tkaziladi.
“Kilian Mbappega qarshi o‘ynash juda ham qiyin. Lionel Messi? U aql bovar qilmaydigan futbolchi. Muxlislar undan doim gol kutishadi. Men uning nimalarga qodir ekanligini bir necha bor guvoh bo‘lganman. Ertaga qarama-qarshiligimizda yangi sahifa ochiladi. Neymar ham top futbolchi. U maydonga tushishga to‘liq tayyormi yoki yo‘qmi, bilmayman. Lekin parijliklar uchun uning safga qaytishi ajoyib yangilik bo‘ladi, - deya UEFA rasmiy sayti Benzemaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Avvalroq, Messi braziliyalik hakamni xayolparastlikda ayblagani va Keylor Navas jarohati tufayli ikkita o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







