Sport

Nodirbek Abdusattorov yana yirik turnirda qatnashadi

U jahon yulduzlariga qarshi dona suradi.

Nodirbek Abdusattorov yana yirik turnirda qatnashadi

 

Joriy yilning 19-fevral kunidan Chess24.com sayti orqali “Airthings Masters” turniri boshlanadi.

 

Mukofot jamg‘armasi 150 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqa o‘z atrofiga dunyoning eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagan. Ular orasida hamyurtimiz, rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham bor.

 

Musobaqa rapid yo‘nalishida o‘tkazilib, dastlab ishtirokchilar 15 turdan iborat saralash bosqichida o‘zaro kuch sinashadi. 

 

Shaxmatchilar to‘plagan har bir ochkosi uchun 250 dollardan mukofot olishadi. Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi esa pley-off bosqichida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bu bosqichda har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega va yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa tugaydi.

 

Qurʼa natijasiga ko‘ra saralash bahslarida Nodirbek Abdusattorov kimlarga qarshi dona surishi ham maʼlum bo‘ldi. Unga ko‘ra, 1-turda hamyurtimiz niderlandiyalik mashhur shaxmat ustasi Anish Giri bilan kuch sinashsa, ikkinchi raundda jahon tojdori, ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.

 

Avvalroq, hamyurtimiz jahon chempionini mag‘lub etgani va Nodirbek Abdusattorovga 2 xonali uy berilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Nodirbek Abdusattorov yana yirik turnirda qatnashadi | Zamon.uz