Pekin-2022: Komiljon To‘xtayev ikkinchi dasturda qatnashadi
U bugun slalom bahslarida ishtirok etadi.

Bugun yana bir bor barchamizning eʼtiborimiz Xitoy poytaxtida o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlariga qaratiladi. Unda hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev slalom bahslarida ishtirok etadi.
Sportchimiz ishtirokidagi dasturning ikkinchi mashqi Toshkent vaqti bilan 10:45 da start oladigan dasturda startga chiqadi.
Batafsil:
12:45 – Biatlon. Ayollar, estafeta
14:15 – Chang‘i poygasi. Ayollar, sprint
14:45 – Chang‘i poygasi. Erkaklar, sprint
16:30 – Xokkey. Ayollar, 3-o‘rin uchun bahs (Finlyandiya – Shveysariya)
17:00 – Fristayl. Erkaklar, akrobatika
17:45 – Short-trek. Erkaklar, 5000 metr
18:20 – Short-trek. Ayollar, 1500 metr
Bo‘lajak startda hamyurtimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz.
Jamshidbek Amirov







