U-23 Osiyo chempionatiga qurʼa tashlandi
Musobaqa O'zbekistonda o'tkaziladi.

Bugun 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qurʼa tashlandi.
Unga ko‘ra, musobaqa guruhlari quyidagicha ko‘rinish oldi:
“A” guruhi:
O‘zbekiston
Eron
Qatar
Turkmaniston.
“B” guruhi:
Avstraliya
Iordaniya
Iroq
Kuvayt
“S” guruhi:
J.Koreya
Tailand
Vyetnam
Malayziya
“D” guruhi:
Saudiya Arabistoni
BAA
Yaponiya
Tojikiston.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa 1-19 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasining keyingi raqibi maʼlum bo‘lgani va yoshlar termamiz uchun sinov boshlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







