0

Farg‘onada 100 dan ortiq qimorboz qo‘lga olindi

Ular qimor va tavakkalchilikka asoslangan lotto o‘yinini tashkil qilgani aniqlangan.

Farg‘onada 100 dan ortiq qimorboz qo‘lga olindi

 

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida qimorbozlik bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati IIB, viloyat DXX, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasida joylashgan uyning ikkinchi qavatida Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro 5 ta tanishi bilan noqonuniy harakatlarni sodir qilgan.

 

Ular 42 nafar fuqaroni jalb qilib, qimor o‘yinlari o‘tkazib kelgan. Ulardan jami 12 million 247 ming so‘m va 17 xil buyum ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Shu kuni tadbirlar davomida Marg‘ilon shahri “O‘rdatagi” mahallasi Mustaqillik ko‘chasidagi ovqatlanish binosining ikkinchi qavatida shu shaharda yashovchi fuqaro 3 nafar tanishi bilan lotto qimor o‘yinini tashkil qilgani aniqlangan. Ular 49 nafar fuqaroni jalb qilgan holda, qimor o‘tkazib kelayotganda tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

 

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)ning tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘yxona yerto‘lasini qimorxonaga aylantirgan shaxsga chora ko‘rilgani hamda Farg‘onada qimorxona tashkil etgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"