0

Eskalotordan yiqilib o‘lgan bobo va tirik qolgan nabira bilan bog‘liq holat tergov qilinmoqda

Navoiy viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Eskalotordan yiqilib o‘lgan bobo va tirik qolgan nabira bilan bog‘liq holat tergov qilinmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushgani to‘g‘risidagi videolavhalar tarqaldi.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB quyidagilarni maʼlum qildi.

 

Hodisa kecha, 18 fevral kuni soat 20:30larda sodir bo‘lgan. Karmana tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan Sh.T. 3 yoshli nabirasi A.S. bilan Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasiga borgan.

 

Ular savdo majmuasining 5 va 4-qavat oralig‘idagi eskalatorda muvozanatni yo‘qotib, 1-qavatga tushib ketgan. Fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan A.S. esa viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan.

Hozirda bola 3 yosh-u 4 oylik bo‘lgan va hozirda u reanimatsiya bo‘limida.

Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada bank xodimasi xizmat vaqtida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"