Pekinda Qishki Olimpiya o’yinlarining tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tdi
Kelgusi Olimpiya o’yinlariga Italiya mezbonlik qiladi.

Pekindagi 24-Qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Umumjamoa hisobida Norvegiya birinchi, Germaniya ikkinchi, Xitoy esa uchinchi o’rinni egalladi.
Shuningdek, bugun “Qush uyasi” stadionida musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar ham namoyish etildi. Marosimda so‘zga chiqqan XOQ prezidenti Tomas Bax ham ushbu O‘yinlar insoniyat tarixidagi eng yorqin Olimpiadalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.
An’anaga muvofiq, marosimda XOQ bayrog‘i kelgusi qishki Olimpiada mezboni Italiya davlatiga tantanali ravishda topshirildi.








