Komiljon To‘xtayev yetakchiligida chang‘ichilar Osiyo chempionatiga yo‘l oldi
Musobaqa 24-25 fevral kunlari Livanda bo‘lib o‘tadi.

Mazkur turnirda ishtirok etadigan jamoamiz bugun tunda Livanga yo‘l oldi.
Tarkibda Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Komiljon To‘xtayev, Lozanna-2020 yoshlar Olimpiadasi ishtirokchisi Valeriya Kovalyova singari sportchilarimizni uchratish mumkin.
O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, bosh murabbiyi Andrey Voronov quyidagi tarkibni Osiyo chempionatiga jalb qilgan:
Erkaklar:
Komiljon To‘xtayev
Arman Gayupov
Medet Nazarov
Rolan Raimqulov
Ayollar:
Valeriya Kovalyova
Raʼno Imonqulova
Sabina Sultonova
Maʼlumot uchun: hamyurtlarimiz musobaqada slalom va gigant slalom dasturlarida ishtirok etishadi.







