0

Shahzoda Muhammedovaning Instagram sahifasi tiklandi

4 oy avval bloklangan akkauntda 4,5 million obunachisi bo‘lgan.

Shahzoda Muhammedovaning Instagram sahifasi tiklandi

 

Dizayner, aktrisa, teleboshlovchi Shahzoda Muhammedova 4,5 millionlik Inatagram sahifasi ochilganini maʼlum qildi.

 

Aktrisaning ushbu sahifasi 2021-yil 22-sentabr kuni bloklanib qolgan. Shahzoda Muhammedova o‘sha kuni kechki payt Milandagi modalar namoyishiga ketgan. Dizayner suratlarini shaxsiy atelyesi va qizining sahifasida joylab borishini taʼkidlagan.

 

Shahzoda Muhammedovaning bu sahifasi 21-fevral kuni ochildi. Aktrisa bundan o‘zining xabari bo‘lmagan. Ishxonasidagi qizlar unga qo‘ng‘iroq qilib, yangilikni aytgan. Aktrisa bu xabardan juda xursand bo‘lganini taʼkidlagan.

 

"Hozir hushimdan ketib qolaman. 4 yarim million obunachisi bo‘lgan profilim ochildi. Umidimni uzgandim. Atelyedagi qizlar telefon qilib aytdi. Instagram‘im haqiqiylik belgisi bilan turibdi", — deydi dizayner.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur bloger Ozod va aktrisa Husnora birgalikda duet kuylagani  hamda “Dizayn” jamoasiga O‘zbekistondan chiqish vaqtincha taqiqlangani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"