“Nasaf”ning titul homiysi o‘zgardi
Nasaf” futbol klubi rahbariyati jamoaning tijoriy yo‘nalishini kuchaytirmoqchi.

"Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi" 2009-yildan buyon “Nasaf” futbol klubing bosh homiysi hisoblanadi. Shu kunga qadar jamoa libosida ham aynan “Ung SGCC” ramzi tushirilgan edi. “Nasaf” futbol klubi rahbariyati klubning tijoriy yo‘nalishini kuchaytirishni ham o‘z oldiga maqsad qilib olgan va bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.
“Nasaf” futbol klubi rahbariyati klubning tijoriy yo‘nalishini kuchaytirishni ham o‘z oldiga maqsad qilib olgan va bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.
“PetroPipe Oil and Gas” 2022-yil uchun “Nasaf” jamoasining titul homiyiga aylandi.
“PetroPipe Oil and Gas” kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining neft va gaz sanoati uchun butlovchi qisimlar, modulli tizimlarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, O‘zbekistonda ham o‘z vakolatxonalariga ega hisoblandi.
“Nasaf” futbol klubi ana shunday yirik korxona bilan tijoriy kelishuvga erishdi.
Shu o‘rinda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi esa jamoaning bosh homiysi bo‘lib qolaveradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Nasaf” OFK kubogida qancha pul ishlashi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.







