"Sportni sev, sport bilan yasha!"
Bektemir tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 100 ga yaqin qiz sportning nafis turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Bu yerda mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan. Malakali murabbiy ko‘magida mahorat sirlarini o‘zlashtirayotgan yoshlar mamlakat miqyosidagi turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

19-20 fevral kunlari Samarqand shahrida "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida Respublika ochiq turniri o‘tkazildi. 2004-2017 yilda tug‘ilgan sportchi qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada Bektemirdagi 1-BO‘SMning gimnastikachi qizlari faxrli o‘rinlarni olib, poytaxtga qaytdi.







