Sport

Uch polvonimiz finalda, yana biri bronza uchun kurashadi

Shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Uch polvonimiz finalda, yana biri bronza uchun kurashadi

 

Bugun kechki dasturda to‘rt nafar yunon-rum kurashchimiz nufuzli musobaqa medallari uchun gilamga chiqadi. 63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Islomjon Bahromovdan so‘ng Mahmud Baxshilloyev (67 kg) va Rustam Assakalov (97 kg) ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Dastlab Bahromov yarim finalda qirg‘izistonlik Dastan Kadirovdan 9-1 hisobida ustun keldi. Uning finaldagi raqibi moldovalik Viktor Chiobanu bo‘ladi.

 

Assakalov esa yarim finalda norvegiyalik Feliks Baldaufni 7-1 hisobida yengdi. U oltin medal uchun finlyandiyalik Arvi Martin Savolaynenga qarshi gilamga chiqadi.

 

Mahmud Baxshilloyev esa yarim finalda turkiyalik Furkan Yildizni 4-3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Buxorolik polvonimiz finalda norvegiyalik Morten Toresenga qarshi bahs olib boradi.

 

Uchta Olimpiada ishtirokchisi Mo‘minjon Abdullayev esa kechki dasturda qozog‘istonlik Alimjan Sizdikovga qarshi bronza medali uchun gilamga chiqadi.

 

Avvalroq, kurash bo‘yicha 10 talik reyting eʼlon qilingani va jahon chempionatida hamyurtimiz kumush medalga sazovor bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Uch polvonimiz finalda, yana biri bronza uchun kurashadi | Zamon.uz