Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburgdan Parijga ko‘chirildi
O‘yin “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum finali Sankt-Peterburgdan Parijga ko‘chirildi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi. Unga ko‘ra, Sankt-Peterburgdagi “Krestovskiy” arenada bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi futbol bo‘yicha Chempionlar ligasi finali Fransiyaga ko‘chirildi va Parijdagi “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, UEFA tashkillashtiradigan Ukraina va Rossiya davlatlari hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan har qanday musobaqalar nomaʼlum muddatga qoldirildi.
Avvalroq, Mbappe so‘nggi qarorni qabul qilgani haqida xabar berilgandi.







