Sport

“MY”ga Diyego Simeoneni bosh murabbiy etib tayinlash kerak”

“Qizil iblislar” sobiq futbolchisi Roy Kin ushbu taklif bilan chiqdi.

“MY”ga Diyego Simeoneni bosh murabbiy etib tayinlash kerak”

 

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Roy Kin “MYU”ga “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeoneni taklif etish kerakligini aytdi:

 

“Manchester Yunayted”ga Simeoneni bosh murabbiy etib tayinlash kerak. U to‘g‘ri temperamentga ega. Simeone hozir “Atletiko”da qiyin damlarni boshdan kechirmoqda. Balki Diyegoning Madrid klubidagi faoliyati nihoyasiga yetayotgandir. U “Atletiko”da ajoyib ishlarni amalga oshirdi. Balki bu variant ish berishi mumkin”, - deya sobiq futbolchining so‘zlaridan “Mirror” nashri iqtibos keltirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida “Atletiko” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Uchrashuv Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tdi. O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. “Manchester Yunayted” va “Atletiko” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15 mart kuni Manchesterdagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Avvalroq, Markus Reshford Manchester universiteti tarixidagi eng yosh doktorga aylangani va Ronaldu beshinchi farzandini kutayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“MY”ga Diyego Simeoneni bosh murabbiy etib tayinlash kerak” | Zamon.uz