Sport

“Nasaf”ga belgilangan transfer taqiqi olib tashlandi

Klub fransiyalik futbolchi bilan shartnoma shartlarini bajarmagandi.

“Nasaf”ga belgilangan transfer taqiqi olib tashlandi

 

FIFA fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite bilan bog‘liq vaziyat uchun “Nasaf”ga belgilagan transfer taqiqini olib tashladi.

 

2021-yilning 7-oktabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” jamoasi va fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Unga ko‘ra, “Nasaf” futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.

 

Qayd etilishicha, futbolchi FIFA‘ga murojaat qilgan va tashkilot “Nasaf” futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lab bermagani sabab transfer taqiqi belgilagan edi.

 

“Nasaf” 24-fevral kuni ushbu futbolchi bilan qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha tinchlik bitimi imzoladi va FIFA‘ga taqiqni olib tashlash bo‘yicha murojaat yubordi.

 

25-fevraldan eʼtiboran FIFA ushbu ish doirasida “Nasaf”dan  transfer taqiqini olib tashladi.

 

Avvalroq, Qarshi klubi O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Nasaf”ga belgilangan transfer taqiqi olib tashlandi | Zamon.uz