Ukraina faqat tinchlikni xohlaydi — Shevchenko
Sobiq futbolchi urush haqida gapirdi.

Sobiq futbolchi urush haqida gapirdi. Ukraina milliy jamoasining murabbiyi Andrey Shevchenko mamlakatdagi vaziyatga munosabat bildirdi.
"Mening xalqim va oilam hujum ostida. Ukraina va uning xalqi tinchlik va hududiy yaxlitlikni istaydi.
Iltimos, mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlashingizni va Rossiya hukumatini agressiyani to‘xtatishga chaqirishingizni so‘rayman. Biz faqat tinchlikni xohlaymiz. Urush bu yechim emas", — dedi Shevchenko.
Maʼlumot uchun: 24-fevral kuni ertalab Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Ko‘p o‘tmay, Ukraina Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzganini eʼlon qildi. Oqibatda, Ukrainada harbiy holat eʼlon qilinib, urush davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, rossiyalik yulduzlar Ukraina bilan urushga qarshi chiqishgani haqida xabar berilgandi.







