Stranja-2022. Abdumalik Xalakov final yo‘l oldi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha xalqaro anʼanaviy “Stranja” Kubogi musobaqasi davom etmoqda.

Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan Abdumalik Xalakov rossiyalik raqibiga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi.
Bu unga final yo‘llanmasini taqdim etdi.
Yarim finalda ringga chiqqan yana bir o‘zbekistonlik bokschi Madiyar Saidrahimov qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va “Stranja” finaliga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Murodjon Ahmadaliyev yana himoya jangini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.







