Makgregor “Chelsi”ni sotib olmoqchi
Sportchi Twitter sahifasiga bu haqda post joylashtirdi.

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik jangchi Konor Makgregor “Chelsi” klubining sotilishi haqidagi maʼlumotlarga munosabat bildirdi.
Makgregor o‘zining twitter sahifasida bu haqda post joylashtirdi. Sportchi unda “Chelsi”ni 3 milliard funt sterlingga sotib olishga tayyorligini aytdi.
“Men bu variantni o‘rganmoqchiman”, — deb yozdi Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, Abramovich davrida londonliklar besh karra Angliya chempioni bo‘ldi. Ikki marta Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida g‘olib chiqdi. UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi hamda besh marta Angliya kubogi sohibiga aylandi.
Avvalroq, Konor Makgregor keyingi jangini qachon o‘tkazmoqchi ekani va Petr Yan doping tekshiruvidan o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







