Tomas Tuxel: “Chelsi” men uchun mukammal klub”
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliyadagi faoliyati haqidagi fikr bildirdi.

“Premyer-ligada ishlash menga zavq bag‘ishlashini ko‘p marta aytganman. Angliyada hamma narsa menga mos keladi. Men bu yerda sportga, xususan futbolga mehrni his qilaman. Bu yer ajoyib joy. “Chelsi” men uchun mukammal klub. Umid qilamanki, hammasi shunday bo‘lib qoladi”, - deya “Footbal London” Tuxelning gaplaridan iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Abramovich klub boshqaruvini “Chelsi” xayriya jamg‘armasi vasiylariga topshirgan edi. 2 mart kuni u klubni sotish niyatida ekanligini malum qildi. Rossiyalik tadbirkor aristokratlarni 4 milliard funt sterlingga sotmoqchi. Shundan so‘ng irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor “Chelsi”ni sotib olishga tayyor ekanligini maʼlum qilgandi.
Avvalroq, “Chelsi” Tiago Silvani jamoada olib qolmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







