Messining otasi “Barselona” klubi bilan bog‘landi
Lionel Messi “PSJ”dan “Barselona”ga qaytishi mumkin.

Argentinalik 34 yoshli futbolchining otasi Xorxe bir necha kun oldin kataloniyaliklar rahbariyati bilan bog‘langan. Bu Leoning klubga qaytishi ehtimolini ko‘rib chiqish uchun qilingan, — deb xabar beradi kataloniyalik insayder Jerar Romero.
Messi 2000 yildan 2021 yilgacha “ko‘kanorranglilar” tizimida o‘ynagan. U o‘tgan yozda shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida “PSJ” safiga qo‘shilgan edi.
Parijliklar shu hafta Chempionlar Ligasining 1/8 finalida “Real”ga (1:3) yutqazib turnirni tark etishdi.
Maʼlumot uchun: avvalroq hujumchi “PSJ”ni tark etish niyatida emasligi, u bor eʼtiborini JCH-2022ga qaratgani, Fransiyaga moslashib qolgani xabar qilingandi.
Messi Parij klubi safida 26ta o‘yinda 7ta gol urdi va 11ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Kilian Mbappe “Real” bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.







