“Barsa”ning uy stadioni nomi o‘zgartiriladi
Kataloniya klubida o‘zgarishlar boshlandi.

“Barselona" o‘zining rasmiy saytida Shvetsiyaning Spotify striming xizmati bilan homiylik shartnomasi imzolaganini e’lon qildi.
Shartnomaga ko‘ra, Spotify keyingi to‘rt mavsumda Kataloniya klubining titul homiysi bo‘ladi. Hamkorlik doirasida "Barselona" stadioni Camp Nou Spotify deb o‘zgartiriladi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 27 o‘yinda 51 ochko to‘plagan holda Ispaniya chempionatining turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq Messining otasi “Barselona” klubi bog‘langani haqida xabar berilgandi.








