Eng dolzarb

Janubiy Koreyaning yangi prezidenti qarorgohini o‘zgartirmoqchi

Bu davlat byudjetiga 820 million dollarga tushadi.

Janubiy Koreyaning yangi prezidenti qarorgohini o‘zgartirmoqchi

 

Janubiy Koreyaning saylangan prezidenti bosh qarorgohini boshqa joyga ko‘chiradi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, yangi prezident Yun Sok Yol Janubiy Koreya prezidentlarining anʼanaviy qarorgohi – Moviy Uydan voz kechib, o‘z faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi yoki mudofaa vazirligi binosida davom ettiradi. Prezident kanselyariyasi vakili Kim In Xining so‘zlariga ko‘ra, prezident saroyi xalqqa birinchi bahor gullari ochilguncha qaytarib beriladi.

 

Davlat rahbari qarorgohini o‘zgartirish Yun Sok Yolning saylovoldi vaʼdalaridan biri edi. “Moviy uy uzoq yillar davomida mutlaq hokimiyatning ramzi bo‘lib keldi. Endi esa hokimiyatni xalqqa qaytarish vaqti keldi”, – deb qo‘shimcha qilgan Kim In Xi.

OAV maʼlumotlariga ko‘ra, prezident qarorgohi o‘zgartirilishi davlat g‘aznasiga 820 million dollarga tushadi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2022-yil 9-mart kuni Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda “Fuqarolik kuchi” partiyasi nomzodi Yun Sok Yol g‘alaba qozondi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning amaldagi prezidenti Mun Chje In Yaponiya bilan munosabatlar haqida gapirgandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Janubiy Koreyaning yangi prezidenti qarorgohini o‘zgartirmoqchi | Zamon.uz