Google irqchilikda ayblandi
Bu bo‘yicha sudga daʼvo kiritilgan.

Google sobiq xodimi kompaniya ustidan Kaliforniya sudiga daʼvo kiritdi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.
Daʼvogar 2014-2020 yillarda Google‘da ishlagan. U shu yillar oralig‘ida qora tanlilarga ishga joylashishga yordam bergan.
Sobiq xodimning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya atayin irqiy kamsitishlarga yo‘l qo‘ygan. Xususan, qora tanlilarga nisbatan past lavozimlar taklif qilingan, ularning xizmat darajasining o‘sishi ham sekin bo‘lgan. Bundan tashqari, suhbatlarda ularga atayin qiyin savollar berilgan.
The New York Times‘ning yozishicha, 2021-yilda Google xodimlarining atigi 4.4 foizi qora tanlilardan iborat bo‘lgan. Bu esa umummilliy ko‘rsatkich — 9.1 foizdan ancha past.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla ham irqchilikda ayblangandi.







