Rojer Federer ukrainalik bolalarga yordam ko‘rsatadi
Shveysariyalik tennischi ukrainalik bolalarning o‘qishi uchun 500 ming AQSH dollar xayriya qiladi.

“Katta dubulg‘a”ning 20 karra chempioni, shveysariyalik tennischi Rojer Federer ukrainalik bolalarga yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.
Sportchining so‘zlariga ko‘ra, xayriya jamg‘armasi 500 000 AQSH dollar miqdoridagi pullarni ukrainalik bolalarning o‘qishni davom ettirish imkonini beradigan tashkilotga xayriya qiladi.
Maʼlumot o‘rnida: Rojer Federer faoliyati mobaynida eng ko‘p daromad ishlab topgan tennischilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turadi. 40 yoshli tennischi musobaqalarda jami 130 mln 594 ming AQSH dollariga ega bo‘lgan.
Avvalroq, rossiyalik sportchi dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylangani va tennischilar reytingining yangi ro‘yxati eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







