Xavi: "Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi"
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi “Real” ustidan qozonilgan yirik g‘alaba haqida gapirdi.

"Bu — "Barsa"ning barcha muxlislari uchun baxtli kun. Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi.
“Real”ning stadionida raqibdan bunchalik ustun bo‘lishni kutmagandim. Ular bir hafta dam olishdi, biz esa juma kuni Turkiyadan uchib keldik.
Ajoyib o‘ynadik va bundan juda mamnunman. O‘yin borasida ham, natija borasida ham “Real”ni ortda qoldirdik. Qulog‘imizgacha tabassum bilan ketamiz.
Sovrin haqida o‘ylamasdan kamtarlik bilan ishlashda davom etishimiz kerak", — dedi Xavi.
Avvalroq, "Bavariya" yetakchilari jamoani tark etishi haqida xabar berilgandi.







