“Yuventus” “MY”dagi sobiq yulduzini ortga qaytarmoqchi
“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

“Sportitalia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Yuventus” fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Turinliklar sobiq yulduzini ortga qaytarish uchun katta mablag‘dan voz kechishga tayyor.
Klub rahbariyati aprel oxirida muzokaralarni boshlashni maqsad qilgan. Pogbaga 9 mln maosh va 3 mln bonuslar ko‘zda tutilgan 4 yillik shartnoma taklif etilishi kutilmoqda. 29 yoshli futbolchi 30 iyunda erkin agentga aylanadi.
Pol 2012 yildan 2016 yilga qadar “keksa senora” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u aynan “MY” tarkibiga kelib qo‘shilgandi.
Avvalroq Neymar va Ramos “PSJ”ni tark etmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.








